ALBAN TILI

ALBAN TILI — alban xalqining tili. Albaniya Respublikasining davlat tili. Hind-Yevropa tillari maxsus guruhiga kiradi. Alban tilida 3 milliondan ortiq kishi so’zlashadi, 2 katta dialektga bo’linadi: shim. (GEG), Janubiy (Tosk). 19-asr oxirida hozirgi adabiy Alban tili mazkur dialektlar asosida shakllangan. Tuzilishi jihatdan Alban tili bilan bulg’or va rumin tillari o’rtasida umumiy o’xshashlik mavjud. Alban tilida lotin, yunon, Janubiy slavyan, turk va boshqa tillardan o’zlashgan so’zlar ko’p. Alban tili yozuvi lotin grafikasi asosida.