TOVAR

TOVAR — bozorda oldi-sotdi orqali ayir boshlanadigan mehnat mahsuli. Tovar shunday mahsulotki, u ishlab chiqaruvchilarning emas, balki boshqalarning talab-ehtiyojini qondirish uchun yaratiladi. Shu sababli u ayirboshlanadi. Tovar moddiy shakldagi mahsulot bo’lishi shart emas, xizmatlar ham tovar shakliga kiradi. Turli moddiy shakldagi aqliy mehnat mahsuli, ilmiy-texnikaviy g’oyalar va ishlanmalar, nomoddiy shakldagi xizmatlar (davolash, o’qitish, muzika, raqs ijro etish, qo’shiq kuylash kabilar) har xil qiymatli qog’ozlar (aksiya, obligatsiya, sertifikat, valyuta) ham tovar bo’ladi. Tovar bozorda pul vositasida ayirboshlanadi.