TOVAR BIRJASI

TOVAR BIRJASI — bir yoki bir necha xil tovar bilan ulgurji savdo-sotiqni amalga oshiruvchi tijorat korxonasi. Tovar birjasi korxona va tashkilotlar o’rtasida oldi-sotdi aloqalarini yurgizadi. Tovar birjasi ochiq yoki yopiq turda bo’ladi. Ochiq birjada birja a’zolari bilan bir qatorda boshqa tadbirkor savdo qila oladi. Yopiq birjada birjaning a’zosi bo’lganlargina savdo qiladi. Birja savdolashuvida shakllangan narxlarbirjakotirovkalari deb yuritiladi va ular har kuni e’lon qilinadi. Tovar birjasi daromadi birja muomalasi ishtirokchilari to‘laydigan xizmat haqidan tashkil topadi. O’zbekistonda 1993-yilda tovarxomashyo birjasi tashkil etilgan.