UMUMIY MUVOZANAT

UMUMIY MUVOZANAT — hamma mavjud bozorlarning muvozanatlashtirilgan va kelishilgan holda harakat qilishini aks ettiruvchi holat. Masalan, bugun 4500 so’mga: 1 kg o’simlik yog’i — 400 so’mga, 1 kg shakarni — 100 so’mga, 1 juft oyoq kiyimni — 4 ming so’mga sotib olish mumkin, deb faraz qilamiz. Agar ma’lum muddatdan so’ng 4500 so’mga sotib olish mumkin bo’lgan tovar miqdori sifati nisbatan saqlanib qolsa, demak o’sha muddatda iqtisodiyot umumiy muvozanat holatida bo’ladi, deb hisoblanadi.