ALDAN

ALDAN — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Saxa (Yakutiya) Respublikasidagi daryo. Lenaning eng yirik o’ng irmog’i. Stanovoy tizmasining shimoliy yon bag’ridan boshlanadi. Yuqori oqimida Aldan yassitog’ligini kesib o’tib, Yakutskdan 160 kilometr quyida Lena daryosiga quyiladi. Uzunligi 2273 kilometr. Havzasining maydoni 729 ming kilometr kvadat. Daryoda yog’och oqiziladi. Kuyilish yeridan 1753 kilometr masofada kema qatnaydi. Qor va yomgirdan suv oladi. Quyilish yerida o’rtacha yillik suv sarfi 5110 metr kub/sekund. Aldan quyi qismida oktabr oxirida muzlab, may oyida muzdan bo’shaydi. Aldanda baliq ovlanadi.