ALEKSANDR NEVSKIY

ALEKSANDR NEVSKIY (taxminan 1200— 1263) — Novgorod knyazi (1236— 51). Aleksandr Nevskiyning otasi Knyaz Yaroslav Vsevolodovich, onasi — qipchoq qizi bo’lgan. 1251 yil Aleksandr Nevskiy Botuxon o’rdasiga kelib u bilan do’stlashgan, so’ngra uning o’g’li sartak bilan anda tutingan, natijada Botuxonning asrandi o’g’liga aylangan. 1252 yil tajribali sarkarda Nevruy no’yon boshchiligidagi mo’g’ul qo’shinini Rusga boshlab kelgan. Aleksandr Nevskiyning akasi Andrey Shvetsiyaga qochgan va Aleksandr Nevskiy 1252 yildan Vladimirning ulug’ knyazi bo’lgan. 1240 yil 15 iyulda shved bosqinchilarini Neva sohilida tor-mor qilgani uchun «Nevskiy» laqabini olgan. Aleksandr Nevskiy Knyaz hokimiyatini mustahkamlashga intilgan.