VAQTBAY ISH HAQI

VAQTBAY ISH HAQI — xodimga uning malakasi, mehnatining sifati, ishlagan vaqtiga qarab belgilanadigan ish haqi. U odatda mehnatning natijalarini aniq hisoblab bo’lmaydigan, balki ular aniq vazifalar doirasini bajarish bilan belgilanadigan vaqtda (masalan, muhandistexnik xodimlar va xizmatchilar, sozlovchilar, elektr ta’mirlovchilar va shu kabilarga haq to’lashda) yoki mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonining borishi bilan belgilanadigan va bevosita ishchiga bog’liq bo’lmagan (masalan, konteynerlar va avtomat liniyalarda ishlash) sharoitida qo’llaniladi.