YER OSTI BOYLIKLARI
YER OSTI BOYLIKLARI — tabiiy muhit tizimining yer qari bilan eng yaqin bog’langan elementi bo’lib, ular jonsiz tabiat resurslari hisoblanadi. Ulardan konstruksion va boshqa materiallar, kimyoviy qo’shilmalar, o’g’itlar va boshqalarni ishlab chiqarishda keng miqyoslarda foydalaniladi. O’zbekistonning yer osti boyliklari g’oyat xilmaxil, zaxiralari esa ko’p bo’lib, ular 100 ga yaqin mineral xomashyo turlarini, 2,7 mingdan ziyod turli foydali qazilma konlarini o’z ichiga oladi.