YARIM TAYYOR MAHSULOTLAR

YARIM TAYYOR MAHSULOTLAR — ba’zi bir ishlov bosqichlarini o’tgan, lekin hali tayyor mahsulotga aylanmagan mehnat buyumlaridan iborat. Ularning xususiyati shundan iboratki, garchi ular mazkur bosqichdagi barcha ishlov operatsiyalarini o’tgan bo’lsalar ham, lekin ishlov yoki yig’ish uchun navbatdagi bosqichga yo’naltirilishi kerak bo’ladi.