ALIYEV ABAT

ALIYEV ABAT (1930.25.10, Chimboy tumani) — Qoraqalpog’iston xalq shoiri (1992). Nukus pedagogika institutini tamomlagan (1951). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog’iston bo’limidagi til va adabiyot institutida ilmiy xodim (1974-76), «Erkin Qaraqalpaqstan» gazetasida bo’lim mudiri (1976-81), Qoraqalpog’iston Yozuvchilar uyushmasining mas’ul kotibi (1991-92). Aliyev «Yoshlik kuchi» (1956), «Bizning ovul yigiti» (1961), «Haqiqat shajarasi» (1973), «Mening guljamolim» (1974), «Umr tashvishlari» (1987), «Ko’rmaganimiz ko’p ekan» (1991), «Hayotning qizig’i» (1993) kabi hikoya, povest va romanlar muallifi.