Dasht

Dasht – o`tlar bilan qoplangan o`rmonsiz hudud. Dasht iqlimi cho`llarga nisbatan yumshoqroq bo`ladi. Dashtlar har ikkala yarim sharning mo`tadil mintaqalarida uchraydi. Shimoliy yarim sharda materikning ichki qismlarida ayniqsa keng tarqalgan. Yevrosiyoda O`rta Dunay pasttekisligidan boshlanib (Vengriya hududida dasht pushta deb ataladi), Yevropa va Osiyo qismlaridan o`tib Xitoygacha yetib boradi. Janubiy Amerikada dasht pampa, Shimoliy Amerikada preriya deb yuritiladi; Afrika va Avstraliyada ham dashtkar uchraydi. Tog`larda tog` dashtlari bo`ladi. Dasht o`simliklari asosan ingichka bargli boshoqlilar — chalov, betaga, chillakoyoq va boshqalardan iborat; tuproqlari qora tuproq. Hozirgi vaqtda dastlarning ko`p qismi haydab ekinzorga aylantirilgan.