Faunistik rayonlashtirish, zoogeografik rayonlashtirish

Faunistik rayonlashtirish, zoogeografik rayonlashtirish — Yer sharini (ko`pincha quruqlikni) fauna tarkibi yoki hayvonot dunyosi xususiyatlariga qarab rayonlashtirish. Faunistik rayonlashtirishning asosiy regional birliklari: quruqlik (materik), zoogeografik o`lka, zoogeografik kichik o`lka, zoogeografik provinsiya, okrug va uchastkalardir. Masalan, Yer shari 6 zoogeografik o`lka — Golarktika, Hind-Malayya, Avstraliya, Efiopiya, Neotropik va Antarktika o`lkatlariga bo`linadi. Golarktika o`lka, o`z navbatida, quyidagi 7 o`lkachaga bo`linadi: Arktika, Sirkumboreal, O`rta dengiz bo`yi, Markaziy Osiyo, Xitoy-Himolay, G`arbiy Amerika va Sharqiy Amerika.