Delta

Delta — daryoning dengiz yoki ko`lga quyilish joyida suvda oqib kelgan jinslardan hosil bo`lgan tekislik. Delta nomi yunon alifbosining bosh harfi D — deltadan olingan. Deltada daryo quvi panjaga o`xshab ko`pdan-ko`p tarmoqlarga bo`linib oqadi. Vaqt o`tishi bilan delta kengayib, dengiz ichkarisiga kirib boraveradi. Ba’zi bir daryolarning deltalari bir necha ming kv. km ga yetadi.