Demarkatsion liniya

Demarkatsion liniya (fransuzcha demarkatsion — ajratish) — 1) Sulx shartnomasi asosida doimiy chegara belgilanguncha urushayotgan davlatlarning yarash vaqtida qo`shinlarini ajratib turadigan liniya (polosa); 2) yengilgan davlat hududini okkupatsiya zonalariga ajratib turadigan liniya; 3) qo`shni davlatlar o`rtasida janjal hududida vaqtincha belgilangan liniya.