ALIMAHSUMOV ORIF
ALIMAHSUMOV ORIF (1927.21.5, Toshkent) — xonanda va sozanda, O’zbekiston xalq artisti (1977). Dastlab buvasi usta Qo’chqordan ommaviy kuy va qo’shiqlarni, xonanda E. Haydarovdan katta ashula, Yu. Rajabiy va F. Sodiqovdan maqom yo’llarini o’rgangan; Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1967). O’zbek estrada teatri (1956-57), O’zteleradio (1957-86) da yakkaxon, O’zteleradio huzuridagi Yunus Rajabiy nomidagi makom ansambli (1976— 79 va 1983-86), etnografik ansambl (1979-83) badiiy rahbari, ayni paytda Yangiyo’l shahri. Madaniyat uyi maqomchilar ansambli rahbari (1972-78), Toshkent davlat konservatoriyasi (1983-85), Toshkent davlat san’at institutida (1986 yildan) katta o’qituvchi, dotsent. Alimahsumov tabiatan diapazoni keng, kuchli, lekin mayin ovozga ega. Xonandalikning turli uslublari, ayniqsa, ishkamiy an’analarini puxta o’zlashtirgan. Hajman yirik, baland avjli ashula, katta ashula va maqom yo’llarini ravon va erkin kuylaydi. «Shashmaqom», «O’zbek xalq musiqasi» va boshqa qator filmlarda maqom va katta ashula yo’llarini ijro etgan. Xalqaro musiqa anjumanlari (Moskva, 1971; Samarqand, 1978, 1983 va boshqalar) ning kontsertlari qatnashchisi. «Sog’lom avlod uchun» (1997), «El-yurt hurmati» (2000) ordenlari bilan mukofotlangan.