Demografiya

Demografiya (yunoncha demos — xalq va grafo — yozaman) — biror hudud, mamlakat, bir qancha mamlakat yoki dunyo aholisining holati va undagi o`zgarishlarni o`rganuvchi fan tarmog`i. Demografiya aholining joylashuvi va migratsion harakati, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va boshqa xususiyatlarini ham o`rganadi.