Galaktika
Galaktika — yuz milliarddan ortiq yulduz, tumanliklar va yulduzlararo moddalar (chang, gaz, kosmik zarralar)dan iborat yulduzlar sistemasi. Ana shu gigant yulduzlar sistemasi umumiy markaz — Galaktika yadrosi atrofida aylanadi. Quyosh va Quyosh sistemasidagi barcha planetalar, son-sanoqsiz yulduzlar to`plamidan iborat. Somon yo`li ham Galaktikaga kiradi. Galaktikaning nomi ham shundan olingan (Galaktikos — Somon yo`li). Galaktikamiz diametri shu qadar kattaki, uni yorug`lik 80 ming yilda kesib o`tadi. Bizning galaktikadan boshqa yana millionlarcha galaktikalar kashf etilgan. Zamonaviy teleskoplar 3 mlrd. yorug`lik yiliga teng masofadagi galaktikalarni seza oladi.