Gilli cho’llar
Gilli cho’llar – cho`l tiplaridan biri. Dengiz, ko`l, daryo va prolyuvial gil yotqiziqlarida vujudga keladi. Tuproqlari bo`z tuproq (qo`ng`ir bo`z, och qo`ng`ir tusli), kamroq sho`r bo`z tuproqlardan iborat. O`simliklari orasida turli xil shuvoq, sho`ra ko`proq uchraydi. Hayvonlardan jayron, sayroq, yumronsoziq va sudraluvchilar yashaydi. Taqirlar ham cho`llarning shu tipiga kiradi.