Gersin burmalanishi

Ma’nosi

Gersin burmalanishi — paleozoy erasining ikkinchi yarmidagi tog` paydo bo`lish bosqichi. Gersin burmalanishi Devon davrida boshlanib, Trias davrining o`rtalarigacha davom etgan. Gersin burmalanishida katta maydondagi geosinklinallar burmali tog`larga aylangan. Ural, Tyanshanning katta qismi, Garbiy (Rudali) Oltoy va boshqalar gersin bosqichida burmalangan tog`lardir. G`arbiy Sibir va Turon plitalarining zamini ham gersin burmalanishi bosqichida burmalangan.

O‘xshash so‘zlar

G harfiga oid geografiyaga oid ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar