Iqtisodiy geografik o`rin, iqtisodiy geografik holat
Iqtisodiy geografik o`rin, iqtisodiy geografik holat — iqtisodiy geografik ob’ekt (shahar, rayon, mamlakat) ning shu ob’yektdan tashqarida bo`lgan, lekin uning taraqqiyotiga ta’sir etadigan tabiiy va tarixiy-iqtisodiy ob’yektlarga nisbatan tutgan o`rni. Iqtisodiy geografik o`rin mamlakat taraqqiyotining turli bosqichlarida turlicha bo`lishi va uning rivojlanishiga turlicha ta’sir etishi mumkin.