Iqlim mintaqalari
Iqlim mintaqalari — Yer sharida iqlim xususiyatlari bilan farq qiladigan o`lkalar. Iqlimiy rayonlashtirishning eng katta birliklari. Kenglik bo`ylab cho`zilgan bo`lib, chegaralari parallellarga aynan to`g`ri kelmaydi. B.P.Alisov quyidagi iqlim mintaqalarini ajratdi: 1 ta ekvatorial, 2 ta ekvatorial musson (subekvatorial), 2 ta tropik, 2 ta subtropik, 2 ta mo`tadil, so`ngra subarktika, subantarktika, arktika, antarktika iqlim mintaqalari.