Insolyatsiya

Insolyatsiya (lotincha insolo — oftobga qo`yaman) — muayyan vaqt (daqiqa, sutka va boshqalar) davomida gorizontal yuza maydoniga (1 sm.kv) tushgan quyosh radiatsiyasi. Bunda to`g`ri quyosh radiatsiyasi yoki yalpi quyosh radiatsiyasi nazarda tutiladi. Ba’zan har qanday yuzaga tushgan quyosh radiatsiyasi ham insolyatsiya deyiladi, masalan, yonbag`irlar insolyatsiyasi yoki bino devorlari insolyatsiyasi.