Ishlov beruvchi sanoat

Ishlov beruvchi sanoat — kon sanoati, qishloq xo`jaligi, o`rmon xo`jaligi, baliq tutish, ovchilikdan keladigan, shuningdek sintetik yo`l bilan olinadigan xom ashyoga ishlov beradigan yoki uni qayta ishlaydigan sanoat tarmoqlari. Ishlov beruvchi sanoatning eng muhim tarmoqlari: mashinasozlik va metallsozlik qora va rangli metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo, elektrotexnika, elektron, yog`ochsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qog`oz, to`qimachilik, tikuvchilik, poyabzal, un, shakar-qand, konserva sanoati va boshqalar.