Iqlimlashish

Iqlimlashish — o`simlik va hayvonlarning yangi sharoitga moslashishi. O`simlik va hayvonlar kishilar tomonidan yangi hududlarga olib borib ekilishi yoki makkajo`xori bilan kartoshkaning butun yer yuziga tarqalishi iqlimlashishga yaqqol misoldir; aslida bu o`simliklarning vatani Janubiy Amerika. Turli mo`ynali hayvonlar (masalan, Shimoliy Amerikadan ondatra, Janubiy Amerikadan nutriya, turli baliqlar, masalan, chivinlarning lichinkalarini yeb tugatadigan gambuziya baliqchasi Janubiy Amerikadan), xilma-xil o`simliklar (sitruslar, choy o`simligi, shakarqamish va b.) iqlimlashtirilgan.