Yog`in o`lchagich
Yog`in o`lchagich — meteorologik stansiyalarda yog`in miqdorini o`lchash uchun qo`llaniladigan asbob. Suv yig`iladigan chelakdan (yuzasi 200 sm.kv) va yog`in o`lchagich stakandan iborat bo`ladi. Yog`in suvi chelakdan miqdor bo`linmalari belgilangan stakanga quyiladi. Bu bo`linmalarga qarab yog`in miqdori mm hisobida aniqlanadi. Chelak tik ustunga o`rnatilib, atrofi qor uchib kirmasligi uchun to`silgan bo`ladi.