Yengil sanoat
Yengil sanoat — turli xom ashyolardan (asosan paxta, zig`ir, kanop tolasi, hayvon terisi, jun, sun’iy charm, sun’iy tolalardan) keng iste’mol buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sanoat tarmoqlari. Xom ashyoga dastlabki ishlov berish, jumladan paxta tozalash, ip gazlama, jun gazlama, shoyi to`qish, tikuvchichik kanop-jut, trikotaj, poyabzal, kigiz-namat, mo`yna, mebel, attorlik buyumlari, chinni-fayans ishlab chiqarish, teri oshlash, po`stin tikish va b. yengil sanoat tarmoqlaridir.