Tabiiy geografik o`lka
Tabiiy geografik o`lka — tabiiy geografik rayonlashtirishning yirik birliklaridan biri. Tabiiy geografik o`lka materikning katta qismidan iborat bo`lib, asosan geografik o`rni, geologiyasi va morfostrukturasining umumiyligi, o`ziga xos makroiqlimi hamda landshaftlari hududiy taqsimlanishining o`ziga xosligi bilan ajralib turadi. Masalan, Rossiya tekisligi o`lkasi, Novaya Zemlya — Ural tog`li o`lkasi, G`arbiy Sibir tekisligi o`lkasi, O`rta Sibir o`lkasi, Shimoli-Sharqiy Sibir o`lkasi, O`rta Osiyo tekislik o`lkasi, O`rta Osiyo tog`li o`lkasi va h.k.