Tetis

Tetis (yunonlarning dengiz ma`budasi nomidan) mezozoy-kaynozoy boshlarida O`rta dengiz geosinklinal mintaqasida mavjud bo`lgan qadimgi dengiz havzalari sistemasi. «Tetis» atamasi XIX asrning axirlarida E.Zyuss tomonidan taklif qilingan. Ilgari Tetis egallagan hududlar Markaziy O`rta dengiz deb atalgan. Uning qoldiqlari hozirgi zamon O`rta, Qora va Kaspiy dengizlari va Fors qo`ltig`idir.