Sun’iy yo`ldosh, Yerning sun’iy yo`ldoshi

Sun’iy yo`ldosh, Yerning sun’iy yo`ldoshi – ko`p bosqichli eltuvchi raketalar yordamida Yer atrofi orbitasiga chiqarilgan va xilma-xil ilmiy hamda texnik priborlar bilan jihozlangan kosmik apparat. Birinchi sun`iy yo`ldosh 1957-yil 4-oktyabrda uchirilgan. Endilikda sun`iy yo`ldoshlardan Yer atmosferasining yuqori qismi va kosmik fazoni o`rganish bilan birgalikda radio masalalari va telealoqalar o`rnatish, Yerning tabiiy boyliklarini o`rganishda foydalanilmoqda.