Subarktika mintaqasi
Subarktika mintaqasi — Shimoliy yarim shardagi geografik mintaqa. Janubda 60°-65° sh.k., shimolda 67°-73° sh.k.gacha boradi. Iqlimi sovuq, yanvarning o`rtacha harorati materiklarda va orollarda -5° dan -40° gacha, iyulniki +5° dan +12° gacha. Vegetatsiya davri 70-110 kun, 300-500 mm yog`in yog`adi. Zamin tungib yotadi. Subarktika mintaqasi tundra va o`rmonli tundra zonalariga bo`linadi. Okean suvida baliq va boshqa hayvonlar ko`p.