Statsionar metod
Statsionar metod — geografik tadqiqot metodlaridan biri. Statsionat metodda geografik ob’ekt, hodisa va jarayonlar uzoq vaqt davomida uzluksiz ishlovchi ilmiy- tadqiqot stansiyalarida o`rganiladi. Bu metod ekspeditsiya metodidan farqli ularoq, geografik jarayon va ob’ektlarning maydonda tarqalishini emas, balki vaqt davomida o`zgarishini, dinamikasini va rivojlanishini o`rganishga imkon beradi. Statsionar metor landshaftlarning strukturasi, dinamikasi, mavsumiy o`zgarishlari va rivojlanishini tadqiq qilishda muhim ahamiyatga ega.