Paleogeografiya

Paleogeografiya — Yer yuzasi tabiatining rivojlanish tarixini o`rganuvchi fan. Paleogeografiya tabiiy geografiya va tarixiy geologiyaning bir qismi. Paleogeografiya ikki yirik bo`limdan iborat: umumiy paleogeografiya — geografik qobiqning rivojlanish tarixini o`rganadi; regional paleogeografiya esa — ayrim landshaftlar (tabiiy hududiy komplekslar) ning rivojlanish tarixini o`rganadi. Paleogeografiya tadqiqotlarida geografik qobiq va landshaftlarning o`tmishi tog` jinslari qatlamlarining tarkibi, yoshi, yotish holati, ularda saqlanib qolgan organik hayot qoldiqlari, relikt reylef shakllari va boshqalar asosida tiklanadi. Geografik qobiq geografik landshaftlar va komponeitlarning hozirgi tabiatini to`g`ri tushunish hamda ularning kelgusi rivojlanishini aniqlashda paleogeografiyaning asosiy metodi bo`lmish tarixiy metodning roli juda katta. Paleogeografiyaning geografik qobiq va landshaftlarni so`nggi 1 mln. yil, ya’ni tarixiy davr mobaynidagi o`zgarishlarini o`rganuvchi qismi tarixiy geografiya (aniqrog`i tarixiy tabiiy geografiya) ni tashkil etadi. Tarixiy geografiya — inson paydo bo`lgandan buyongi geografik sharoitni va unga jamiyat ta’sirini o`rganish bilan shug`ullanadi.