Kartografik metod

Kartografik metod — geografik ob’yekt, hodisa va jarayonlarni xaritalar yordamida o`rganish va tahlil qilish. Geografik tadqiqotlarda kartografik metod yordamida ob’yekt, komponent, hodisa va jarayonlarning hududiy tarqalishi, o`zaro aloqasi, rivojlanishini aniqlash mumkin. Bu metod ayniqsa ayrim komponentlarni (relyef, iqlim, tuproq va o`simliklar) o`rganishda muhim ahamiyatga ega.