Landshaft dinamikasi

Landshaft dinamikasi — landshaftdagi oddiy mexanik harakatlardan to strukturasining o`zgarishigacha bo`lgan jarayon hamda o`zgarishlar. Landshaft dinamikasi landshaftlarning rivojlanishiga, ya’ni sifat jihatidan bir holatdan ikkinchi holatga o`tishiga sabab bo`ladi. Landshaft dinamikasining eng muhim belgisi modda va energiya almashinuvidir. Landshaft dinamikasini o`rganishda sutkalik mavsumiy va ko`p yillik ritmik o`zgarishlarni hisobga olish katta ahamiyatga ega.