Landshaft strukturasi
Landshaft strukturasi — landshaftlarning tuzilishini, ya’ni komponentlari, kichik komplekslari hamda morfologik qismlari (fatsiya va h. k.) ning o`zaro ichki aloqasini hamda bir butunligini ifodalovchi atama. Landshaftlar strukturasiga ko`ra oddiy va murakkab bo`ladi. Masalan, muz zonasi landshaftlari oddiy strukturaga ega, tropik va subtropik landshaftlar esa murakkab strukturalidir. Murakkab strukturali landshaftlar komponentlarining ko`pligi, ular o`zaro aloqasining kuchliligi hamda landshaft komplekslarining xilma-xilligi bilan ajralib turadi.