Legirlash

Legirlash (nemischa legiyeren — eritmoq) — metall yoki metall qotishmalarining mexanik, fizik, kimyoviy va fizik-kimyoviy xossalarini yaxshilash uchun ularga boshqa metallar (ba’zan, metallmaslar) yoki metall qotishmalari qo`shish. Legirlovchi elementlar (xrom, nikel, mis va b.) odatda, suyuq holatdagi metall yoki metall qotishmalariga qo`shiladi. Legirlash yo`li bilan butunlay yangi xossalarga ega bo`lgan metall qotish malar olinadi. Qattiq jism sirtini ionlar bilan bombardimon qilib, shu jism ichiga tashqi atomlarni kiritish jarayoni ham legirlash deb ataladi.