Landshaftlar rekultivatsiyasi, yerlar rekultivatsiyasi
Landshaftlar rekultivatsiyasi, yerlar rekultivatsiyasi — inson faoliyati ta’sirida muvozanati buzilgan yoki ishdan chiqqan tabiiy va antropogen landshaftlar (chunonchi, qishloq xo`jalik yerlari) ni tiklash, qayta ishga solish yoki ular o`rnida yangi tipdagi landshaftlar bunyod qilish. Landshaftlar rekultivatsiyasiga tog`-kon sanoati hududlaridagi terrikonlarni o`zlashtirish, qayta sho`rlangan va botqoq bosgan yerlarni tiklash, sanoat chiqindilari uyumlari o`rnida madaniy landshaftlar yaratish va boshqalar kiradi.
O‘xshash so‘zlar
- Landshaftlar klassifikatsiyasi
- Landshaftlarning progressiv elementlari
- Landshaftlarning vertikal differensiatsiyasi (tabaqalanishi)
- Landshaftning komponentlararo aloqalari
- Landshaftning relikt elementlari
- Landshaftning yoshi
- Landshaftshunoslik
- Langar





