Mangro o`rmonlari
Mangro o`rmonlari — tropiklarning dengiz suvi ko`tarilganida suv bosadigan botqoqli qirg`oqlaridagi doim yashil o`rmonlar. Asosan, doimiy yashil bo`ta va past bo`yli (5-10 m) daraxtlardan iborat. Daraxtlarning ko`pdan-ko`p ildizlarni tirgovuchga o`xshab ushlab turadi. Mangro o`rmonlari— Afrikaning sharqiy sohillarida, Madagaskarda, Seyshel, Maskaren orollari, Janubiy Osiyo (Malayya arxipelagida) va Avstraliyada, Afrika, Markaziy va Janubiy Amerikaning Atlantika sohillari va boshqa yerlarda ko`p.