Marjon riflari

Marjon riflari, marjon surilmalari – to`da-to`da bo`lib yashaydigan marjonlarning ohakka aylangan skletlaridan tarkib topgan suv osti qoyalari. Marjon riflarining paydo bo`lishi uchun suv iliq (kamida 20°), sayoz (40-50 m gacha), sho`rligi normal (35%) va toza, dengiz tubi soyadan iborat bo`lishi kerak. Marjonriflari juda katta va qalin bo`lishi mumkin: dengiz sathidan 1500 m baland marjon riflari bilan birga (Zond arxipelagi) zamini suv sathidan 1200 m chuqurda bo`lgan marjon riflari ham bor (Marshall orollari).