Marshlar

Ma’nosi

Marshlar — dengiz suvi kuchli ko`tarilgan va shamol haydagan vaqtdagina suv bosadigan past tekis sohil. Odatda sho`ra o`simliklari o`sadi. Shimoliy dengiz sohillarining ba’zi joylarida marshlar dengiz sathidan pastda joylashgan. Aholi bunday joylarni dengiz bosishidan tug`onlar qurib asraydi. Marshlar pichanzorga aylantiriladi, yem-xashak ekinlari ekiladi.

O‘xshash so‘zlar

M harfiga oid geografiyaga oid ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar