Materik sayozligi, shelf
Materik sayozligi, shelf — dengiz va okeanlar qirg`og`ini o`rab turgan suv osti sayozligi. Eni bir necha km dan 1300 km gacha. Dunyo okeani umumiy maydonining 8% ini tashkil etadi. Materik sayozligi dengiz cho`kindilari (shag`al, qum, qumoq, loyqa) ko`p to`planadigan joy bo`lib, yorug` va iliq bo`lganidan organizmlar, jumladan baliq ko`p. Materik sayozligida ko`plab neft va gaz konlari topilmoqda.