Moyli ekinlar

Moyli ekinlar — moy olish uchun ekiladigan o`simliklar. Kungaboqar, zig`ir, kunjut, kanakunjut, maxsar, yeryong`oq, soya, gorchitsa, konoplya, paxta va b. Moyli ekinlar jumlasiga kiradi. Shuningdek, zaytun, tunga, kedr, yong`oq, bodom kabi daraxtlarning mag`izlaridan ham moy olinadi. Kungaboqar, zig`ir, konoplya, paxta, yeryong`oq, kunjut moyli ekinlar orasida eng katta o`rin tutadi.