Monarxiya

Monarxiya(yunoncha monarxia — yakka hukmronlik) — davlatning bir shaxs — monarx (qirol, podsho, shoh, imperator) tomonidan boshqarilishi. Monarx hokimiyati umrbod bo`lib, avloddan-avlodga o`tadi. Hokimiyat butunlay monarx qo`lida bo`lsa, hokimi mutloq deyiladi; konstitutsiyali monarxiyada monarx hokimiyatini parlament cheklab qo`ygan bo`ladi; parlament roziligisiz monarx davlat ahamiyatiga ega bo`lgan qonunlar chiqarish huquqiga ega emas; Masalan, Buyuk Britaniya, Belgiyada ana shunday.