Og`ir sanoat
Og`ir sanoat — aksari ishlab chiqarish vositalari: mashina va asbob-uskunalar, yoqilg`i, energiya, metallar, kimyoviy mahsulotlar, qurilish materiallari va boshqa ishlab chiqaradigan sanoat tarmoqlari. Og`ir sanoat ishlab chiqaradigan ishlab chiqarish vositalari bo`lmasa, xalq xo`jaligining bironta ham tarmog`i rivojlana olmaydi. Xalq xo`jaligining texnika taraqqiyoti og`ir sanoatning taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi. Og`ir sanoat ijtimoiy mehnat unumdorligining o`sishiga zamin yaratadi.