Yon eroziya

Yon eroziya — oqar suvning o`zan (daryo vodiysi, jar) yon tomonini yuvishi, Yon eroziya natijasida daryo vodiysi, jar kengaya boradi, meandrlar hosil bo`ladi. Yon eroziya chuqurlatish eroziyasi bilan bir vaqtda davom etadi, lekin eroziya bazisi baland bo`lib, daryo tekislikdan oqqanda ayniqsa kuchayadi.