Legenda

Legenda (lotincha legenda – o`qilishi kerak bo`lgan narsa) — xarita mazmunini ochib beradigan barcha shartli belgilar va izohlar. Legenda xaritalarning chetlariga yoki xarita ramkasi ichidagi bo`sh yerga joylashtiriladi. Atlas va ko`p sahifali xaritalarda legenda alohida sahifaga bosiladi yoki broshyura holida ilova qilinadi.