Subtropik iqlim
Subtropik iqlim — mo`tadil iqlim bilan tropik iqlim orasidagi iqlim, qishi iliq, yozi issiq; eng sovuq oyning o`rtacha harorati 0° dan yuqori. Subtropik iqlimli hududlar 30°-40° sh.k. bilan 30°-35° j.k. larda. Subtropik iqlim bir necha xil bo`ladi: O`rta dengiz bo`yi iqlimi, nam subtropik o`rmonlar iqlimi, subtropik cho`llar iqlimi va mussonli subtropik iqlim.