To`zima qum

To`zima qum — o`simlik bilan qoplanmagan, shamolda to`zib, bir joydan ikkinchi joy ga ko`chib yuradigan qum. To`zima qum barxanlar, qum dalalarini hosil qiladi. To`zima qum cho`l o`lkalarda turli xil qurilishlarga, qishloq xo`jaligiga zarar yetkazadi. Bunday qumlar Qizilqum va Qoraqumda ko`p uchraydi.