Seldara

Seldara — tog`larda, tog` oldi qirlarida sel hosil bo`ladigan, sel keladigan dara; soy. Odatda sel hosil bo`ladigan soy uncha uzun bo`lmaydi va ko`llari — irmoqlari ko`p hamda kalta bo`ladi. Lekin bosh soy — seldara tog`dan chiqishda tog` o`zanga ega bo`lib, yoyilma konusi hosil qiladi.