Polimerlar

Polimerlar (yunoncha polimeres- ko`p qismlardan iborat) — molekulalari ko`p sonli takrorlanuvchi guruhlardan tarkib topgan katta molekulyar massali kimyoviy birikmalar. Sintetik polimerlar polietilen, polipropilen, fenolformaldegid smolalarga bo`linadi. Polimerlardan tolalar, plyonkalar, plastmassalar, laklar, yelim, smolalar olinadi. Polimer materiallar — hozirgi davr kimyosining asosiy mahsulotlaridir.